Sanoat va fuqaro binolari

Ctrl+F _________ Ctrl+Tab

     1. Statik aniqlik darajasi formulasi
Inshootning statik aniqligi quyidagi formula bilan tekshiriladi:
W = 3D-2Sh-S_tay
2. Geometrik o‘zgarmas sistema
Tashqi yuk ta’sirida shakli faqat elementlarning elastik deformatsiyasi hisobiga o‘zgaradigan sistemaga 
3. Statik aniq sistemada S va 3D
Statik aniq sistemada:
S = 3D
(ya’ni noma’lumlar soni tenglamalar soniga teng)
4. Qo‘zg‘almas sharnirli tayanch
👉 2 ta reaksiya kuchi hosil bo‘ladi (V_A va H_A - vertikal va gorizontal kuchlar)
5. Qattiq qistirilgan tayanch (zadelka)
👉 3 ta (ikkita reaksiya kuchi va bitta tayanch momenti)
Rx
Ry
Moment (M)
6. Inshootning bikrligi
Tashqi yuklar ostida shakl o‘zgarishiga (deformatsiyaga) qarshilik ko‘rsata olish xossasi
7. Oddiy sharnir
👉 2 ta diskni o‘zaro bog‘laydi va 2 ta erkinlik darajasini cheklaydi
8. W = 3D − 2Sh − Stay formuladagi D
👉 Sistemadagi o‘zaro bog‘langan qattiq disklar (elementlar) umumiy sonini
9. Hisobiy sxema
Inshootning hisoblash uchun qabul qilingan soddalashtirilgan ishchi chizmasini (matematik modelni)
10. Statik aniq sistemada harorat o‘zgarishi ichki kuchlar hosil qiladimi
👉 Yo‘q, faqat geometrik shakli elastik o'zgaradi 
11. Bitta nuqtada kesishmaydigan va o‘zaro parallel bo‘lmagan 3 ta sterjen necha diskni zamin bilan bog‘laydi
👉 1 ta diskni (to'liq geometrik o'zgarmas bog'lanish)
12. Erkinlik darajasi W>0 bo‘lgan sistema qanday ataladi
👉 Geometrik o‘zgaruvchan sistema (mexanizm)
13. Inshootning zamin bilan bog‘lanishini ta’minlovchi bog‘lanishlar nima deyiladi
👉 Tashqi bog‘lanishlar (tayanchlar)
14. Murakkab sharnirning oddiy sharnirlarga keltirilgan soni qanday topiladi (n - disklar soni)
👉 Oddiy sharnirga keltirish formulasi:
Sh = n-1
15. Qurilish mexanikasida "mustahkamlik" tushunchasiga ta’rif bering
Inshootning tashqi yuklar ta’sirida bardosh bera olish qobilyati xossasi
16. Ko‘p oraliqli balkalarda eguvchi moment M va Q ko‘ndalang kuch orasidagi differensial bog‘liqlik qaysi tenglamada to‘g‘ri ko‘rsatilgan
Qx) = dM(x)/dx
17. Balkada tekis yoyilgan yuk q ta’sir etganda, moment epurasi qanday shaklda bo'ladi
👉 Kvadratik parabola (M = qL^2/8) - prolyot o‘rtasidagi qiymati)
18. Ko‘p oraliqli (pog‘onali) balkalarda "yordamchi" balka deb qaysi qismga aytiladi
👉 Mustaqil ravishda muvozanatda tura olmaydigan va boshqa qismga tayanadigan qismga
19. Ko‘p oraliqli balkalarda "asosiy" va "yordamchi" balkalar qanday tartibda chiziladi
👉 Etajli (qavatli) sxema ko‘rinishida
20. Sharnir (ideallashgan oraliq sharnir) nuqtasida eguvchi moment (M) qiymati qanday bo‘ladi
👉 M = 0 (sharnir buralishga qarshilik ko‘rsatmasligi sababli)
21. Yordamchi balkadan chiqqan reaksiya asosiy balkaga qanday uzatiladi
👉 Yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lgan faol kuch (bosim) sifatida
22. Balkada yoyilgan yuk (q) bo‘lsa, ko‘ndalang kuch (Q) epurasi qanday chiziq bo‘ladi
👉 Og‘ma to‘g‘ri chiziq (hosila qonuniyatiga ko'ra)
23. Ko‘ndalang kuch Q = 0 bo‘lgan nuqtada eguvchi moment qanday qiymatga ega bo‘ladi
👉 Ekstremal (maksimal yoki minimal) qiymatga 
24. Yassi (tekis) egilishda balkaning ko‘ndalang kesimida nechta ichki zo‘riqish hosil bo‘ladi
👉 2 ta (Eguvchi moment M va ko‘ndalang kuch Q)
25. Balkaning qaysi nuqtasida Q epurasida sakrash (keskin o‘zgarish) kuzatiladi
👉 Kontsentrlangan (to‘plangan) kuch P qo‘yilgan nuqtada
26. Moment epurasida qachon siniq (burchak) hosil bo‘ladi
👉 Kontsentrlangan kuch P yoki reaksiya kuchi qo‘yilgan nuqtada
27. Balkadagi yoyilgan yuk (q) ostida eguvchi moment (M) epurasi qayerga qarab egiladi (qavariqligi qaysi tomonga yo‘naladi)
👉 Yuk yo‘nalishi bo‘ylab (pastga yo'nalgan yukda "qorin" shaklda pastga yo 'naladi)
28. Konsol (osma) qismga to‘plangan P kuchi qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha qismda eguvchi moment (M) qanday qonuniyat bilan o‘zgaradi
👉 Chiziqli o‘zgaruvchan moment (M = P ∙x)
29. Ko‘p oraliqli (pog‘onali) balkaning statik aniqlik darajasi (geometrik o‘zgarmasligi) qanday formula bilan tekshiriladi
👉 W = 3D-2Sh-S_tay=0  (W-erkinlik darajasi)
30. Ko‘p oraliqli (pog‘onali) balkalarni hisoblash amaliyotda qaysi qismdan boshlanadi
👉 Eng yuqori qatlamdagi (yordamchi) balkadan
31. Balka kesimidagi moment M ishorasi qachon musbat (+) deb qabul qilinadi
👉 Agar tashqi kuchlar pastki tolalarni cho‘zishga xizmat qilsa
32. Balka kesimidagi kesuvchi kuch Q ishorasi qachon musbat (+) bo‘ladi
👉 Agar u kesimning chap qismini soat mili bo‘yicha aylantirishga urinsa
33. Konsol balkada (bir uchi qisilgan) tayanchda moment qiymati qanday aniqlanadi
👉 M = P ∙x (kuchning tayanchgacha bo'lgan masofasiga (elkasiga) ko'paytmasi)
34. Ko‘p oraliqli (pog‘onali) balkalarda "Asosiy" balka deb qaysi qismga aytiladi
👉 Zaminga (yerga) mustaqil tayanadigan va geometrik o'zgarmas bo'lgan qismga
35. Balkada tekis yoyilgan yuk (q) ta’sir etganda, ko‘ndalang kuch (M) epurasi qanday shaklda bo‘ladi va uning tenglamasi qanday
👉 Q(x) = Q_0-q∙x (chiziqli kamayuvchi yoki ortuvchi to‘g‘ri chiziq)
36. Ta’sir chizig‘i nima unga ta’rif bering
👉 Birlik ko‘chib yuruvchi yukdan (P=1) biror tayin kesimdagi zo‘riqishning o‘zgarish grafigi 
37. Ta’sir chizig‘ining ordinatasi (grafikdagi vertikal qiymati) qanday harf bilan belgilanadi
👉 η (eta) yoki y 

38. Statik aniq balkalarda ta’sir chiziqlari har doim qanday ko‘rinishda bo‘ladi
👉 Siniq to‘g‘ri chiziqlardan iborat
39. P=1 yuki tayanchning (masalan, A tayanch) aynan ustida turganda, o‘sha tayanch reaksiyasining (R_A) ta’sir chizig‘i ordinatasi nimaga teng bo‘ladi
👉 1 ga teng (R_A=P∙l/l)
40. Kesuvchi kuch Q ta’sir chizig‘ida kesimning chap va o‘ng tomonidagi ordinatalar yig‘indisi (mutloq qiymat bo‘yicha farqi) nimaga teng bo‘ladi

👉 Har doim 1 ga teng (sakrash miqdori P =1 birlik yukka teng)
41. Oddiy sharnirli (statik aniq) balkalarda eguvchi moment (M) ta’sir chizig‘i tayanchlarda qanday qiymatga ega bo‘ladi
👉 0 ga teng (tayanchda moment nol bo'lishi sababli)
42. Ta’sir chizig‘i yordamida to‘plangan P kuchidan hosil bo‘ladigan zo‘riqish (S) qiymati qanday aniqlanadi
👉 S = P ∙y (kuch qiymatining o‘sha nuqtadagi ordinataga ko‘paytmasi)
43. Ta’sir chizig‘i yuzasi (ω) musbat va manfiy bo‘laklardan iborat bo‘lsa, tekis yoyilgan yuk (q) dan hosil bo‘lgan umumiy zo‘riqish (S) qanday aniqlanadi
👉 S = q ∙∑▒ω (yuzalarning algebraik yig‘indisi yukka ko‘paytiriladi)
44. Konsol (osma) qismli balkalarda, yuk osma qismda turganda, tayanch reaksiyasi (R) ta’sir chizig‘i ordinatasi miqdori nechaga teng bo‘ladi
👉 1 dan katta bo‘lishi mumkin (yelka qoidasiga ko'ra)
45. Ta’sir chizig‘i grafigining ordinatalari (birliklari) qanday o‘lchov birligida bo‘ladi
👉 Zo‘riqish turiga bog‘liq (moment uchun - metr, kuch uchun - birliksiz)
46. Ta’sir chizig‘i yordamida tekis yoyilgan yuk (q) dan hosil bo‘ladigan zo‘riqish (S) qiymati qanday aniqlanadi
👉 S = q ∙ω (bu yerda ω - yuk ostidagi ta’sir chizig‘i yuzasi)
47. Ta’sir chizig‘i va epura orasidagi asosiy farq niman iborat
👉 Epurada yuk doimiy (qo‘zg‘almas), ta’sir chizig‘ida yuk harakatlanuvchi (P=1)
48. Bir nechta to‘plangan kuchlar P_i ta’sirida inshootning biror kesimidagi umumiy zo‘riqish (S) qanday aniqlanadi
👉 S = ∑▒〖P_i∙y_i 〗 (har bir kuchning o‘z ostidagi ordinataga ko‘paytmalari algebraik yig‘indisi)
49. Kesuvchi kuch Q ta'sir chizig'ida tayanchda ustidagi ordinata qiymati nechaga teng bo‘ladi
👉 Agar u o'sha tayanch reaksiyasi bo'lsa 1.0 ga, aks holda 0 ga
50. Statik aniq balkalarda eguvchi moment (M) ta’sir chizig‘ining maksimal (cho‘qqi) ordinatasi qayerda joylashadi
👉 Zo'riqish aniqlanayotgan kesimning aynan ostida
51. Ta'sir chizig'ida "bazis chizig'i" deganda qaysi chiziq nazarda tutuiladi
👉 Ordinatalar hisoblanadigan (nolga teng bo‘lgan) gorizontal o‘q
52. Statik aniq sistemalarda (masalan, ko‘p oraliqli balkalarda) ta’sir chizig‘i nima uchun siniq to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘ladi 
👉 Har bir sharnir va tayanch nuqtasida chiziq yo'nalishi (qiyaligi) o'zgargani uchun
53. Ta'sir chizig'i ordinatasining ishorasi (+ yoki -) qanday qoidaga asosan  aniqlanadi
👉 Birlik kuch ta'sirida o'sha nuqtada hosil bo'lgan zo'riqish ishorasi bilan aniqlanadi 
54. Ta'sir chizig'i yordamida hisoblash aniqligi epura usuliga hisoblash aniqligiga nisbatan qanday farq qiladi
👉 Ikkala usulda ham natijalar bir-biriga qat’iy ravishda teng bo‘ladi
55. Birlik yuk (P=1) tayanchlar oralig‘idan tashqariga (masalan, konsol qismiga) o‘tganda, ta’sir chizig‘i grafigi qanday chiziladi
👉 Prolyotdagi (oraliqdagi) to‘g‘ri chiziq qonuniyati bo‘yicha o‘sha qiyalikka amal qilgan holda davom ettiriladi
56 Ta’sir chizig‘i yordamida tashqi konsentrlangan moment M_tash dan zo‘riqish qanday aniqlanadi
👉 S= M_tash∙tgα (ta’sir chizig‘ining og‘ma burchagi tangensiga ko‘paytmasi orqali)
57 Ko‘ndalang kuch (Q) uchun qurilgan ta’sir chizig‘ining yuzasi (ω) qanday o‘lchov birligiga ega
👉 [L]^1 — uzunlik o‘lchov birligiga (metr), chunki Q uchun ordinatalar (y) birliksiz miqdorlardir
58 Eguvchi moment (M) uchun qurilgan ta’sir chizig‘ining yuzasi (ω) qanday o‘lchov birligiga ega
👉 [L]^2— kvadrat metr (m^2), chunki moment ta’sir chizig‘i ordinatalari uzunlik birligiga ega
59 Agar hisoblanayotgan kesim uchun ta’sir chizig‘ining yuzasi butunlay musbat (ω>0) bo‘lsa, qanday holatda yoyilgan yukdan hosil bo‘lgan zo‘riqish musbat ishoraga ega bo‘ladi
👉  Yuk yo‘nalishi yuqoridan pastga (gravitatsiya bo‘yicha) yo‘nalgan bo‘lsa, natija musbat olinadi

60 Qurilish mexanikasida "xavfli yuklanish" (nevygodnoye zagruzheniye) deganda nima tushuniladi
👉  Tekshirilayotgan kesimda zo‘riqishning (M, Q yoki N) eng katta musbat yoki eng katta manfiy qiymatlarini beradigan yukning joylashishi

61 Ta’sir chizig‘idan foydalanib, doimiy yuklar ta’siridan tayanch reaksiyasi (R_A) qaysi tenglama yordamida to‘g‘ri aniqlanadi?
〖👉 R〗_A=∑▒〖P_i y_i+∫▒qydx〗—Konsentrlangan kuchlarning mos ordinatalarga ko‘paytmalari yig‘indisi va yoyilgan yukning ta’sir chizig‘i yuzasi bo‘yicha integrali yig‘indisi
62 Agar bir xil yuklanish holati uchun ta’sir chizig‘i yordamida topilgan zo‘riqish (S) qiymati epura usulida olingan natijadan farq qilsa, qanday xulosa qilinadi?
👉  Hisoblash jarayonida xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb hisoblanadi, chunki har ikkala usul bir xil natija berishi shart

62 Statik aniq tizimlardagi ideal sharnirda (erkin aylanishini ta’minlaydigan bog‘lanish) eguvchi moment (M) uchun qurilgan ta’sir chizig‘i qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi
👉  Barcha ordinatalari nolga teng bo‘ladi (y=0), chunki sharnir burchakli siljishlarga qarshilik ko‘rsatmaydi va ichki moment hosil qilmaydi

63 Ta’sir chizig‘ini qurishda "Fokus" tushunchasi nima bilan bog‘liq va u qanday aniqlanadi
👉  Ta’sir chizig‘ining siniq chiziqlari (yoki ularning davomi) kesishadigan o‘zgarmas nuqtalar bilan bog‘liq bo‘lib, u tayanchlardagi bog‘lanish xarakterini ifodalaydi

64 Konsol qismda joylashgan yuk ta’siridan oraliq tayanch reaksiyasi (R) ta’sir chizig‘i yordamida qanday aniqlanadi
👉  Yuk qiymatini ta’sir chizig‘ining konsol qismidagi tegishli ordinatasiga (y) ko‘paytirish orqali (bunda reaksiya yo‘nalishi yuk yo‘nalishiga teskari bo‘lishi mumkin)

65 Ta’sir chizig‘ining qiyaligi (grafikning gorizontga nisbatan og‘ish burchagi) asosan nima bilan bog‘liq
👉  Tekshirilayotgan kesimning joylashishi (koordinatasi) va tayanchlar orasidagi masofa (prolyot uzunligi) bilan

66 Ta'sir chizig'ini qurishda "chap" va "o'ng" to'g'ri chiziqlar (yoki ularning davomi) qaysi nuqtada kesishadi
👉  Zo‘riqish aniqlanayotgan kesimning vertikalida (kesim turgan chiziq ustida)

67 Ko‘ndalang kuch (Q) uchun ta’sir chizig‘ini qurishda "chap" va "o‘ng" to‘g‘ri chiziqlar o‘zaro qanday joylashadi
👉  O‘zaro parallel bo‘ladi, chunki har ikkala chiziqning qiyalik burchagi tayanchlar orasidagi masofaga (1/L) bog‘liq va bir xil qiymatga ega

68 Ta'sir chizig'ining ixtiyoriy nuqtadagi ordinatasi (y) nimaga bog‘liq
👉  Birlik yukning (P=1) inshoot bo‘ylab turgan joyiga (koordinatasiga) va tizimning geometrik parametrlariga

69 Agar tekis taqsimlangan yuk (q) ta’sir chizig‘i yuzasining (ω) faqat yarmini qoplab tursa, kesimdagi zo‘riqish qanday aniqlanadi
👉  Yuk intensivligini faqat yuk bosib turgan yarim yuza miqdoriga ko‘paytirish orqali (S=q ∙ω_max)

70 Eguvchi moment (M) ta’sir chizig‘ini qurishda qo‘llaniladigan y = a∙b/l formulasi nimani aniqlaydi
👉  Oddiy tayanchli to‘sinning kesimi uchun qurilgan ta’sir chizig‘ining kesim vertikalidagi maksimal ordinatasini (cho‘qqisini)

71 Ta’sir chizig‘i yordamida zo‘riqishlarni hisoblashda ordinatalarning algebraik yig‘indisi (∑▒y_i ) qanday holatda qo‘llaniladi
👉  Inshootga qiymatlari o‘zaro teng bo‘lgan bir nechta konsentrlangan kuchlar (P_1=P_2...〖=P〗_n) ta’sir etganda

72 Ta’sir chizig‘ini qurishning "kinematik usuli" qanday fizik va geometrik mantiqqa asoslangan
👉  Kerakli zo‘riqish yo‘nalishidagi bog‘lanishni olib tashlash va hosil bo‘lgan mexanizmning birlik ko‘chishidagi shakliga asoslanadi

73 Kinematik usul (Muller-Breslau prinsipi) yordamida ma’lum bir kesim uchun eguvchi moment (M) ta’sir chizig‘ini qurishda qanday ketma-ketlik bajariladi
👉  Tekshirilayotgan kesimga ideal sharnir qo‘yiladi (bog‘lanish bo‘shatiladi) va hosil bo‘lgan mexanizm bo‘laklari o‘zaro birlik burchakka (α=1) buriladi

74 Kinematik usul yordamida ko‘ndalang (kesuvchi) kuch (Q) ta’sir chizig‘ini qurish uchun kesimda qanday o‘zgarish amalga oshiriladi
👉  Kesimga parallel yo‘naltiruvchi sharnir (skolzyashaya opora) qo‘yiladi va hosil bo‘lgan mexanizm bo‘laklariga o‘zaro birlik surilish (vertikal siljish ∆=1) beriladi

75 Harakatlanuvchi yuklar (yuklar poyezdi) ta’sirida kesimdagi zo‘riqishning maksimal qiymati (S_max) qanday aniqlanadi
👉  Yuklarning eng xavfli (nevygodnoye) joylashish holatini topish (ya’ni P ∙y ko‘paytmalar yig‘indisi maksimal bo‘lgan nuqtani aniqlash) orqali

76 Yuklar kolonnasi (ko‘p o‘qli yuk) harakatlanayotganda, to‘sinda maksimal eguvchi moment (M_max) qayerda hosil bo‘ladi
👉  Kritik yuk ostida (odatda kolonnamining og‘irlik markaziga eng yaqin joylashgan va qiymati katta bo‘lgan yuk ostida)

77 Harakatlanuvchi yuklar tizimi (kolonnasi) ta’sirida eng katta kesuvchi kuch Q_mak   odatda inshootning qaysi qismida yuzaga keladi
👉  Tayanchlar yaqinidagi kesimlarda, chunki bu nuqtalarda ko‘ndalang kuch ta’sir chizig‘ining ordinatalari o‘zining maksimal qiymatlariga ega bo‘ladi

78 Poyezd yuki yoki avtomobillar kolonnasi o‘zining ta’sir xarakteriga ko‘ra qanday yuk turiga kiradi
👉  Harakatlanuvchi konsentrlangan kuchlar tizimi va yoyilgan yuklar majmuasiga, chunki ular vaqt o‘tishi bilan inshootdagi o‘rnini o‘zgartiradi

79 Harakatlanuvchi yuklar tizimidagi "kritik yuk" (xavfli yuk) qaysi shartga ko‘ra aniqlanadi
👉  Yuklar kolonnasi siljiganda, tanlangan kesimdagi zo‘riqish funksiyasi ortishdan kamayishga o‘tadigan (hosilasi ishorasini o‘zgartiradigan) nuqtaga mos kelishi bilan

80 Ta’sir chizig‘i yordamida harakatlanuvchi yuklardan maksimal eguvchi momentni M_mak topishda yuklarning qaysi holati tanlanadi
👉 Yuklarning ta’sir chizig‘i ordinatalari bilan ko‘paytmalari yig‘indisi maksimal qiymatga erishadigan (ekstremum holat) vaziyat tanlanadi

81 Ko‘p oraliqli (sharnirli) to‘sinlarda harakatlanuvchi birlik yuk yordamchi balkadan asosiy balkaga o‘tganda ta’sir chizig‘ida qanday holat kuzatiladi
👉 Asosiy balka uchun qurilgan ta’sir chizig‘ida ordinatalar hosil bo‘lishda davom etadi, chunki yordamchi balkadagi yuk asosiy balkaga bosim (reaksiya) orqali zo‘riqish uzatadi

82 Yuklar kolonnasi (yuklar poyezdi) inshoot bo‘ylab harakatlanganda, tarkibdagi alohida kuchlar orasidagi masofalar (d_i) uchun qaysi shart qabul qilinadi
👉 Harakat davomida o‘zgarmas (qat’iy) deb qabul qilinadi, chunki yuklar tizimi yaxlit qattiq jism (transport vositasi) sifatida qaraladi

83 Harakatlanuvchi yuklar tizimi (kolonnasi) ta’siridan eng katta zo‘riqishni aniqlashda, ta’sir chizig‘ining cho‘qqisiga (maksimal ordinatasiga) qaysi yuk qo‘yiladi
👉 Kritik yuk (ekstremum shartini qanoatlantiruvchi yuk), chunki u cho‘qqidan o‘tganda zo‘riqish funksiyasining ishorasi o‘zgaradi

84 Harakatlanuvchi yuk inshoot bo‘ylab siljiganida, to‘sinning egilish chizig‘i (elastik chiziq) va uning maksimal egilish miqdori (progib) qanday o‘zgaradi
👉 Yukning joylashish koordinatasiga qarab egilish chizig‘ining shakli va maksimal egilish miqdori doimiy ravishda o‘zgarib turadi

85 Qurilish mexanikasida "kritik oraliq" (prolyot) deganda nima tushuniladi
👉 Harakatlanuvchi yuklar joylashganda, tekshirilayotgan kesimda zo‘riqishning eng katta (maksimal yoki minimal) qiymatlarini hosil qiladigan oraliq

86 Harakatlanuvchi yuklar kolonnasi to‘sin (balka) uzunligidan katta bo‘lgan holda, zo‘riqishlarni ta’sir chizig‘i yordamida hisoblashda qaysi yuklar inobatga olinadi
👉 Faqat to‘sin (prolyot) chegarasida joylashgan va ta’sir chizig‘ining nolga teng bo‘lmagan ordinatalariga mos keluvchi yuklar qismi

87 Qurilish mexanikasi fanida harakatlanuvchi yuklar ta’sirida eguvchi momentning ekstremal M_mak  va M_min qiymatlari qanday usulda aniqlanadi
👉 Ko‘rilayotgan kesim uchun qurilgan ta’sir chizig‘ining musbat va manfiy yuzalariga yuklarni mos ravishda joylashtirish orqali

88 Uch sharnirli arkaning tayanchlarida hosil bo‘ladigan gorizontal reaksiya — raspor (H) ning qiymati inshootning qaysi parametrlari va tashqi omillarga bog‘liq holda o‘zgaradi
👉 Arkaning ko‘tarilish balandligi (f), oraliq masofasi (l) va qo‘yilgan tashqi yukning miqdori hamda joylashishiga

89 Uch sharnirli arkalar va ramalar geometrik o‘zgarmas hamda statik aniq bo‘lishi uchun qaysi asosiy konstruktiv shart bajarilishi shart
👉 Konstruksiyadagi uchta sharnir (ikkita tayanch va bitta oraliq sharniri) bir to‘g‘ri chiziqda joylashmasligi kerak

90 Uch sharnirli arkada raspor (H) (gorizontal reaksiya) kuchi qanday tenglama yordamida topiladi
👉 H = M_0^c/f (arkaga mos keluvchi oddiy to‘sindagi momentning arkaning ko‘tarilish balandligiga nisbati orqali)

91 Uch sharnirli arkaning ixtiyoriy x kesimidagi eguvchi moment (M_x) qaysi bog‘liqlik orqali aniqlanadi
👉 M_x = M_0-H∙y (arkaga mos keluvchi oddiy to‘sindagi moment va raspor kuchining shu nuqta ordinatasiga ko‘paytmasi ayirmasi orqali)

92 Uch sharnirli arkada tayanchlarga tushadigan gorizontal reaksiya (raspor) miqdorini kamaytirish uchun qaysi konstruktiv chora eng samarali hisoblanadi
👉 Arkaning ko‘tarilish balandligini (f) oshirish orqali (chunki raspor balandlikka teskari proporsional)

93 Uch sharnirli arkaning ixtiyoriy kesimidagi bo‘ylama (normal) kuch (N) qaysi analitik ifoda yordamida hisoblanadi
👉 N = -(Q_0 sinα+Hcosα) (oddiy to‘sindagi ko‘ndalang kuch va rasporning arka o‘qi urinmasiga bo‘lgan proyeksiyalari yig‘indisi)

94 Uch sharnirli arkaning ixtiyoriy kesimidagi kesuvchi (ko‘ndalang) kuch — 
Q ning qiymati qaysi formula yordamida aniqlanadi
👉  Q = Q_0 cosα-Hsinα (arkaga mos keluvchi oddiy to‘sindagi ko‘ndalang kuch va rasporning arka o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan proyeksiyalari ayirmasi orqali)

95 Qurilish mexanikasida arkaning "ratsional o‘qi" deb qanday chiziqqa aytiladi
👉  Arkaning barcha kesimlarida eguvchi moment (M_x) qiymatlari nolga teng bo‘ladigan o‘q chizig‘iga

96 Uch sharnirli ramalarda gorizontal reaksiya — raspor (H) kuchining paydo bo‘lishiga asosiy sabab nima va u qayerda yuzaga keladi
👉 Tayanchlardagi gorizontal bog‘lanishlarning tashqi yuk ta’siridagi siljishlarga ko‘rsatgan qarshiligi natijasida tayanch nuqtalarida

97 Qurilish mexanikasining qonuniyatlariga ko‘ra, uch sharnirli arkaning oraliq (qulf) sharniri joylashgan nuqtada eguvchi moment (M) qiymati haqida qaysi tasdiq to‘g‘ri
👉 Har doim nolga teng bo‘ladi, chunki sharnirli birikma bog‘lanish nuqtasida elementlarning erkin burilishiga qarshilik ko‘rsatmaydi

98 Agar uch sharnirli arkaning o‘q chizig‘i parabola shaklida bo‘lib, unga butun oraliq bo‘ylab tekis taqsimlangan vertikal yuk (q) ta’sir etsa, arkaning ixtiyoriy kesimidagi eguvchi moment (M_x) qiymati qanday bo‘ladi
👉 Barcha nuqtalarda nolga teng bo‘ladi, chunki bu holatda arkaning geometrik o‘qi uning ratsional o‘qi bilan ustma-ust tushadi

99 Tayanchlari har xil sathda (balandlikda) joylashgan uch sharnirli arkada vertikal reaksiyalar (V_A va V_B) oddiy to‘sindagi (balkadagi) mos reaksiyalardan nimasi bilan farq qiladi
👉 Vertikal reaksiyalar qiymatiga raspor kuchining (H) tayanchlar sathidagi farqi tufayli hosil bo‘ladigan qo‘shimcha tashkil etuvchi qo‘shiladi

100 Qurilish mexanikasida arkadagi gorizontal reaksiya — raspor (H) kuchining ishorasi qanday qoidaga ko‘ra qabul qilinadi
👉 Agar raspor kuchi tayanchlarni ichkariga qarab siqishga (ya’ni arkani siqishga) intilsa, u musbat (+) deb qabul qilinadi

101 Uch sharnirli sistema (arka yoki rama) yerga (asosga) nisbatan statik aniq va qo‘zg‘almas bo‘lishi uchun undagi tashqi bog‘lanishlar soni (S) nechta bo‘lishi shart
👉 4 ta (har bir qo‘zg‘almas tayanchda ikkitadan, jami to‘rtta tashqi reaksiyani yuzaga keltiruvchi bog‘lanish)

102 Arkalarni hisoblashda qo‘llaniladigan M_0 va Q_0 belgilari qanday fizik va konstruktiv ma’noni anglatadi
👉 Arka bilan bir xil oraliq masofaga (l) va bir xil tashqi yuklarga ega bo‘lgan, shartli ravishda olingan oddiy to‘sindagi (balkadagi) eguvchi moment va ko‘ndalang kuchni

103 Uch sharnirli arkada raspor (H) kuchining ta’sir chizig‘i qanday geometrik shaklga ega va uning ekstremum (eng yuqori) nuqtasi qayerda joylashadi?
👉  Uchburchak shaklida bo‘lib, uning maksimal qiymati, cho‘qqisi arkaning o‘rta sharniri ostidagi kesimda joylashgan

104 Uch sharnirli arkadagi vertikal tayanch reaksiyalari (V_A va V_B) ta’sir chiziqlari bir xil prolyotga ega bo‘lgan oddiy to‘sin (balka) tayanch reaksiyalari ta’sir chiziqlaridan nimasi bilan farqlanadi?
👉  Statika qonuniyatlari va muvozanat tenglamalariga ko‘ra, ularning ko‘rinishi hamda qiymatlari oddiy to‘sin tayanch reaksiyalari ta’sir chiziqlaridan hech qanday farq qilmaydi

105 Uch sharnirli arkaning ixtiyoriy kesimidagi eguvchi moment (M) ta’sir chizig‘ini qurish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
👉  Mos prolyotli oddiy to‘sinning eguvchi moment (M_0) ta’sir chizig‘idan rasporning ordinatalarini kesim balandligiga ko‘paytirilgan (H ∙y) qiymatlarini ayirish orqali

106 Uch sharnirli arkaning ma'lum bir kesimi uchun qurilgan ta’sir chizig‘idagi "neytral nuqta" (nol nuqtasi) qanday fizik ma’noni anglatadi?
👉 Harakatlanuvchi birlik yuk aynan shu nuqtada joylashganida, qaralayotgan kesimdagi tegishli ichki zo‘riqish (moment yoki kuch) qiymati nolga teng bo‘lishini

107 Uch sharnirli arkada ko‘ndalang kuch (Q) ta’sir chizig‘ini qurishda qaysi chiziqlarning o‘zaro kombinatsiyasi yoki kesishishi natijasida yakuniy grafik hosil qilinadi?
👉 Mos prolyotli oddiy to‘sinning ko‘ndalang kuch (Q_0) ta’sir chizig‘i bilan gorizontal rasporning (H) ushbu kesim burchagiga mos keluvchi proyeksiyalari chiziqlari

108 Uch sharnirli arkada ichki zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlari ordinatalari qanday o‘lchov birliklariga ega bo‘ladi?
👉 Eguvchi moment (M) ta’sir chizig‘i ordinatasi metrda (m), hovon (H) va boshqa reaksiya kuchlari ta’sir chizig‘i ordinatalari esa birliksiz, o‘lchamsiz son ifodalanadi

109 Uch sharnirli arkada harakatlanuvchi yuk ta’siridan eng katta gorizontal raspor kuchi (H_mak) qanday holatda yuzaga keladi?
👉 Harakatlanuvchi birlik yuk rasporning ta’sir chizig‘idagi eng katta musbat ordinatasi, ya’ni grafikning cho‘qqisi, o‘rta sharnir osti ustida joylashganida

110 Uch sharnirli arkada bo‘ylama kuch (N) ta’sir chizig‘idan foydalanishning asosiy maqsadi nimadan iborat?
👉 Harakatlanuvchi yuklar ta’sirida arkaning muayyan kesimida yuzaga keladigan eng katta siquvchi kuchlarni aniqlash va elementlarning mustahkamligini hisoblash uchun

111 Uch sharnirli arkada harakatlanuvchi yuklar ta’siridan yuzaga keladigan maksimal eguvchi momentni (M_mak) aniqlash uchun ta’sir chizig‘idan qanday foydalaniladi?
👉 Harakatlanuvchi yuklarni eguvchi moment ta’sir chizig‘ining faqat musbat ishorali ishorali yuzasi, ordinatalari ustiga eng qulay tarzda joylashtirish kerak

112 Uch sharnirli arkaning ma’lum bir kesimi uchun qurilgan ko‘ndalang kuch (Q) ta’sir chizig‘ida, harakatlanuvchi birlik yuk shu kesimdan o‘tayotgan vaqtda yuzaga keladigan sakrash (sakrash ordinatasi) qiymati nimaga teng bo‘ladi?
👉 Arka o‘qining ushbu kesimidagi urinmasi va gorizontal o‘q orasidagi burchakning kosinusiga (cosα), ya’ni birlik yukning ushbu yo‘nalishdagi proyeksiyasiga

113 Uch sharnirli arkada bosim chizig‘i (yoki bosim egri chizig‘i) qanday sharoitda arkaning geometrik o‘qi bilan to‘liq mos tushadi?
👉 Arkaga ta’sir etayotgan yukning taqsimlanish qonuniyatiga muvofiq, uning geometrik o‘qi uchun ratsional shakl, ratsional o‘q tanlangan holatda

114 Harakatlanuvchi to‘plangan yuklar ta’sirida uch sharnirli arkaning ixtiyoriy kesimidagi ko‘ndalang kuchni (Q) uning ta’sir chizig‘i yordamida aniqlash formulasi qanday ifodalanadi?
👉 Tashqi to‘plangan kuchlar qiymatlarini ularga mos keluvchi ko‘ndalang kuch ta’sir chizig‘i ordinatalariga ko‘paytmalari yig‘indisi, ya’ni Q= ∑▒〖P_i y_i 〗  formula orqali

115 Uch sharnirli arkaning ixtiyoriy kesimi uchun qurilgan ta’sir chizig‘ida "neytral nuqta"ning (nol nuqtasi) koordinata o‘qi bo‘ylab joylashishi qaysi omillarga bog‘liq?
👉 Qaralayotgan kesimning gorizontal koordinatasi (x) hamda arka o‘qi geometriyasini belgilovchi vertikal koordinata (y) va urinma og‘ish burchagi (α) kabi parametrlarga

116 Qurilish mexanikasida ixtiyoriy tashqi yuklar ta’siridan yuzaga keladigan ko‘chishlarni (chiziqli yoki burchakli) Mor integrali yordamida aniqlashning umumiy formulasi qanday ifodalanadi?
👉 Tashqi yuklardan hosil bo‘lgan momentlar diagrammasi (M_P) va birlik kuchdan hosil bo‘lgan momentlar diagrammasi (M_k) ko‘paytmasining egilish qattiqligiga nisbati integrali, ya’ni ∆_kP=∫▒〖(M_k  ∙ M_P)/EI dx〗 ko‘rinishida

117 Vereshchagin usulidan foydalanib eguvchi momentlar epuralarini o‘zaro ko‘paytirish (ko‘chishlarni aniqlash) uchun qaysi asosiy shart bajarilishi talab etiladi?
👉 Ko‘paytirilayotgan ikkita epuradan kamida bittasi, odatda birlik yukdan hosil bo‘lgani butun qat’iy oraliq bo‘ylab chiziqli, to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak

118 Vereshchagin usuli yordamida ko‘chishlarni aniqlashda qo‘llaniladigan formuladagi ω_p belgisi nimani anglatadi?
👉 Tashqi yuklar ta’sirida hosil bo‘lgan eguvchi momentlar epurasining, ixtiyoriy egri chiziqli yoki chiziqli shakldagi umumiy yuzasini

119 Vereshchagin usuli yordamida epuralarni ko‘paytirishda y_c  ordinatasi qaysi epuradan va qaysi nuqtadan olinadi?
👉 Har doim birlik kuchdan hosil bo‘lgan, to‘g‘ri chiziqli epuraning, yuklanish epurasi og‘irlik markazi ostida yotuvchi nuqtasidan

120 Qurilish mexanikasida konstruksiyaning egilish bikrligi (EI) uning tashqi yuklar ta’sirida hosil qiladigan ko‘chishlari (∆) qiymatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
👉 Ko‘chish qiymati bikrlikka har doim teskari proporsional bo‘ladi, ya’ni bikrlik qanchalik yuqori bo‘lsa, ko‘chishlar shunchalik kichik bo‘ladi

121 Qurilish mexanikasida ko‘chishlarni aniqlash uchun Simpson (yoki ayrim hollarda trapetsiya) formulasi qaysi holatlarda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi?
👉 Ko‘paytirilayotgan ikkala eguvchi momentlar epurasi ham murakkab, egri chiziqli yoki siniq chiziqli shaklga ega bo‘lib, Vereshchagin usulini qo‘llash imkoni bo‘lmaganda

122 Inshootning ma’lum bir nuqtasidagi chiziqli ko‘chish qiymatini (masalan, vertikal yoki gorizontal siljishni) Mor integrali orqali aniqlash uchun qanday birlik yuk qo‘yilishi talab etiladi?
👉 Ko‘chish aniqlanishi kerak bo‘lgan nuqtaga, qidirilayotgan ko‘chish yo‘nalishi bo‘ylab qo‘yilgan birlik o‘lchamsiz konsentrlangan, to‘plangan kuch (P=1)

123 Inshootning muayyan kesimidagi burilish burchagini (burchakli ko‘chishni) Mor integrali yoki Vereshchagin usuli yordamida aniqlash uchun qanday birlik yuk qo‘yilishi talab etiladi?
👉 Burilish burchagi aniqlanishi lozim bo‘lgan kesimga, qidirilayotgan burchakli ko‘chish yo‘nalishi bo‘ylab qo‘yilgan birlik o‘lchamsiz eguvchi moment (M=1)

124 Statik aniq sistemalarda (masalan, uch sharnirli arkada yoki oddiy to‘sinda) tayanchlarning ma’lum miqdorga cho‘kishi natijasida inshootda ichki kuchlar (M, N, Q) hosil bo‘ladimi va bunga asosiy sabab nima?
👉 Ichki kuchlar hosil bo‘lmaydi, chunki statik aniq sistema ortiqcha bog‘lanishlarga ega emas va u tayanch cho‘kishi natijasida ichki zo‘riqishlarsiz erkin ko‘chish imkoniyatiga ega

125 Qurilish mexanikasida harorat o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan ko‘chishlarni aniqlash formulasidagi α koeffitsiyenti nimani anglatadi?
👉 Materialning harorat ta’sirida chiziqli kengayishini ifodalovchi termik koeffitsiyent bo‘lib, u materialning har bir darajaga isigandagi nisbiy uzayishini ko‘rsatadi

126 Qurilish mexanikasida va statik aniqmas tizimlarni hisoblashda keng qo‘llaniladigan "Birlik ko‘chish" tushunchasining mazmuni qanday ifodalanadi?
👉 Inshootning ma’lum bir nuqtasiga qo‘yilgan birlik kuch (P=1) yoki birlik moment (M=1) ta’sirida ushbu inshootda hosil bo‘lgan chiziqli yoki burchakli ko‘chish miqdori

127 Statik aniq fermalarda tugunlarning chiziqli ko‘chishlarini aniqlash uchun Mor integralining ferma elementlari uchun moslashtirilgan qaysi hisobiy formulasi (tenglamasi) qo‘llaniladi?
👉 Tashqi yukdan va birlik kuchdan hosil bo‘lgan bo‘ylama kuchlar ko‘paytmasining elementlar uzunligiga ko‘paytmasi yig‘indisi, ya’ni ∑▒(N_p  ∙ 〖 n〗_k  ∙ L)/EA  formula yordamida

128 Vereshchagin usuli yordamida epuralarni o‘zaro ko‘paytirishda yakuniy natijaning (ko‘chishning) ishorasi qanday qoida asosida aniqlanadi?
👉 Agar olingan epura yuzasining (ω) ishorasi va uning og‘irlik markazi ostidagi ordinata (y_c) ishorasi bir xil bo‘lsa, ko‘paytma natijasi musbat (+) deb olinadi

129 Inshootlar mexanikasida elastik tizimlar uchun qo‘llaniladigan "O‘zaro ishlar teoremasi"ning (Betti teoremasi) asosiy mazmuni qanday ifodalanadi?
👉 Birinchi holatdagi kuchlar tizimining ikkinchi holatdagi ko‘chishlarda bajargan ishi, ikkinchi holatdagi kuchlarning birinchi holatdagi ko‘chishlarda bajargan ishiga teng

130 To‘sin va ramalar kabi egiluvchan elementlarning (konstruksiyalarning) umumiy ko‘chishlarini hisoblashda qaysi ichki zo‘riqish ta’siridan hosil bo‘lgan deformatsiyalar asosiy hisoblanadi va hal qiluvchi ahamiyatga ega?
👉 Tashqi yuklar ta’sirida yuzaga keladigan eguvchi momentlar (M) epurasi hisobiga hosil bo‘ladigan egilish deformatsiyalari va ularning Mor integrali bo‘yicha qiymatlari

131 Kesim balandligi uning uzunligiga nisbatan katta bo‘lgan massiv (qisqa) to‘sinlarda umumiy ko‘chishni aniqlashda, eguvchi momentdan tashqari yana qaysi omilni hisobga olish majburiy hisoblanadi?
👉 Kesuvchi kuchlar (Q) ta’siridan yuzaga keladigan siljish deformatsiyalari va ularning ko‘chish qiymatiga qo‘shadigan sezilarli qo‘shimcha ulushini

132 Mor integrali yoki Vereshchagin usuli yordamida hisoblangan ko‘chish (siljish yoki burilish) natijasi manfiy (–) ishora bilan chiqsa, bu fizik jihatdan nimani anglatadi?
👉 Inshoot nuqtasining haqiqiy ko‘chish yo‘nalishi, hisoblash boshida tanlangan birlik yuk (P=1 yoki M=1) yo‘nalishiga mutlaqo teskari ekanligini

133 Mor integrali yordamida ko‘chishlarni hisoblashda l/EI ifodasi qaysi shart bajarilganda integral belgisidan tashqariga chiqariladi?
👉 Konstruksiya elementining egilish bikrligi (EI) uning butun uzunligi, integrallash oralig‘i bo‘ylab o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lgan holatda

134 Inshootlar mexanikasida elastik tizimlar (sistemalar) uchun tashqi yukning qiymati va u keltirib chiqaradigan ko‘chishlar o‘rtasidagi munosabat qaysi asosiy qonuniyatga bo‘ysunadi?
👉 Guk qonuniga muvofiq, tashqi kuchlar va ular ta’sirida yuzaga keladigan ko‘chishlar o‘zaro chiziqli bog‘liqlikda bo‘ladi hamda material o‘zining elastiklik xususiyatini saqlab qoladi

135 Tekislikda ishlovchi murakkab sterjenli tizimlarning (ferma, rama) statik noaniqlik darajasini (n) aniqlashda, bog‘lanishlar soni va muvozanat tenglamalari o‘rtasidagi bog‘liqlik qaysi formula orqali ifodalanadi?
👉 n = S_t-3D bu yerda S_t  – tayanch va ichki bog‘lanishlar soni, D – disklar yoki tugunlar soni

136 Inshootlar mexanikasida statik noaniq sistemalarni hisoblashda qo‘llaniladigan "Kuchlar usuli"ning fundamental g‘oyasi nimadan iborat?
👉 Ortiqcha bog‘lanishlarni noma’lum kuchlar bilan almashtirish orqali statik noaniq sistemani statik aniq, asosiy sistemaga keltirish

137 Kuchlar usulida statik noaniq sistemaning "Asosiy sistemasi" (AS) tushunchasiga berilgan eng to‘g‘ri ta’rifni ko‘rsating?
👉 Berilgan sistemadan ortiqcha bog‘lanishlarni olib tashlash natijasida hosil qilingan statik aniq va geometrik o‘zgarmas sistema

138 Kuchlar usulining kanonik tenglamalar sistemasidagi δ_11  koeffitsiyenti qanday fizik ma’noga ega?
👉 Birinchi asosiy noma’lum kuch (X=1) ta’siridan, aynan shu kuch yo‘nalishida yuzaga kelgan birlik ko‘chish

139 Kuchlar usulining kanonik tenglamasidagi ∆_1P  (yuk koeffitsiyenti) inshootlar qarshiligi qoidalariga ko‘ra qanday hisoblanadi?
👉 Birinchi birlik kuchdan olingan ichki kuchlar epurasini (m_1), tashqi yuklar ta’sirida hosil bo‘lgan yuk epurasiga (M_P) ko‘paytirish orqali

140 Kuchlar usuli yordamida statik noaniq inshootni hisoblashda tuziladigan kanonik tenglamalar sistemasidagi tenglamalar soni qanday ko‘rsatkich asosida belgilanadi?
👉 Inshootning statik noaniqlik darajasiga (n) va tanlangan asosiy sistemadagi ortiqcha bog‘lanishlar soniga qat’iy teng bo‘ladi 

141 Nima sababdan statik noaniq sistemalarda (statik aniq sistemalardan farqli o‘laroq) harorat o‘zgarishi natijasida ichki kuchlar (moment, kesuvchi va bo‘ylama kuchlar) yuzaga keladi?
👉 Ortiqcha bog‘lanishlar mavjudligi sababli inshoot elementlarining erkin haroratli kengayishi yoki qisqarishi cheklanadi va bu ichki zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi

142 Statik noaniq sistemalarda tayanchlarning ma’lum miqdorga cho‘kishi (siljishi) qanday oqibatlarga olib keladi va bu jarayon statik aniq sistemalardan nimasi bilan farq qiladi?
👉 Ortiqcha bog‘lanishlar sistemaning erkin shakl o‘zgarishiga to‘sqinlik qilgani sababli, inshootda qo‘shimcha ichki zo‘riqishlar, moment va kuchlar yuzaga keladi

143 Kuchlar usuli yordamida statik noaniq sistemaning yakuniy holati uchun natijaviy eguvchi moment epurasi (M_nat) qaysi formula (superpozitsiya prinsipi) asosida aniqlanadi?
👉 M_nat = ∑▒〖〖(m〗_i∙X_i)〗+M_P bu yerda m_i  — birlik epuralar, X_i — aniqlangan noma’lum kuchlar, M_P  — asosiy sistemadagi yuk epurasi 

144 Kuchlar usuli kanonik tenglamalaridagi yon koeffitsiyentlarning o‘zaro tengligini ifodalovchi δ_12=δ_21  sharti fan tariqasida qanday nomlanadi va uning mexanik asosi nima bilan izohlanadi?
👉 Koeffitsiyentlarning o‘zaro almashinish, simmetriya xossasi bo‘lib, u Maksvellning ko‘chishlarning o‘zaro qaytuvchanligi haqidagi teoremasiga asoslanadi

145 Simmetrik geometriyaga ega bo‘lgan statik noaniq ramaning simmetriya o‘qiga nisbatan nosimmetrik (antishaklli) yuk bilan yuklanishi, kuchlar usulidagi qaysi noma’lumlar qiymatining nolga teng bo‘lishiga olib keladi?
👉 Barcha simmetrik, bir xil yo‘nalishli noma’lum kuchlar va momentlar
=Simmetriya o‘qida joylashgan barcha vertikal bosim kuchlari va tayanch reaksiyalari

146 Simmetrik statik noaniq inshootlarni kuchlar usulida hisoblashda noma’lumlarni simmetrik va nosimmetrik guruhlarga ajratish qanday asosiy amaliy maqsadni ko‘zlaydi?
👉 Kanonik tenglamalar sistemasini bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil kichik guruhlarga ajratish va hisoblash jarayonini soddalashtirish

147 Simmetriya o‘qi rigerning (gorizontal sterjenning) o‘rtasidan o‘tgan simmetrik inshoot simmetrik yuk bilan yuklanganda, rigerning o‘rtasidagi kesimda qaysi ichki zo‘riqish omili har doim nolga teng bo‘ladi?
👉 Ko‘ndalang kesuvchi kuch (Q), chunki simmetriya o‘qida epura o‘z ishorasini o‘zgartiradi 

148 Simmetriya o‘qi vertikal sterjen (ustun) bo‘ylab o‘tgan ramaning ushbu ustunida, antisimmetrik (nosimmetrik) yuklanish ta’sirida qaysi ichki zo‘riqish omili nolga teng bo‘ladi?
👉 Eguvchi moment (M), chunki antisimmetrik yuklanishda simmetriya o‘qi ustidagi nuqtalarda egilish deformatsiyasi yuzaga kelmaydi 

149 Simmetrik ramani simmetrik yuk ta’sirida yarim rama (polurama) sifatida hisoblashga o‘tilganda, simmetriya o‘qi kesib o‘tgan nuqtadagi bog‘lanishlarga qanday kinematik cheklovlar (shartlar) qo‘yiladi?
👉 Gorizontal ko‘chish va burilish burchagi taqiqlanadi, faqat vertikal yo‘nalishda erkin ko‘chishga ruxsat beriladi

150 Simmetrik ramaning simmetriya o‘qida mahsus sharnir joylashtirilishining asosiy mexanik vazifasi va uning simmetrik yuk ostidagi ta’siri nimadan iborat?
👉 Simmetriya o‘qi kesib o‘tgan nuqtada eguvchi momentning (M) qiymatini nolga tenglashtirish va ichki zo‘riqishlar taqsimotini o‘zgartirish 

151 Simmetrik statik noaniq ramada elementning ichki va tashqi tomonlaridagi harorat bir xil miqdorda o‘zgarganda (〖∆t〗_ichk=〖∆t 〗_tash), ya’ni sterjen bo‘ylab tekis qizish yoki sovush yuzaga kelganda, natijaviy ichki zo‘riqishlar epurasi qanday xarakterga ega bo‘ladi?
👉 Ichki zo‘riqishlar, masalan moment va kuchlar epurasi simmetriya o‘qiga nisbatan har doim simmetrik ko‘rinishda bo‘ladi

152 Simmetrik geometriyaga ega bo‘lgan ramaning simmetriya o‘qiga nisbatan antisimmetrik (teskari simmetrik) yuklanish holatiga quyidagilardan qaysi biri yaqqol misol bo‘la oladi?
👉 Rama ustunlariga bir xil balandlikda, bir xil yo‘nalishda (masalan, chapdan o‘ngga) ta’sir etuvchi shamol yuki

153 Simmetrik geometriyaga ega bo‘lgan ramaga nosimmetrik (antisimmetrik) yuk ta’sir etganda, simmetriya o‘qi kesib o‘tgan nuqtadagi (kesimdagi) qaysi ichki zo‘riqish omillari har doim nolga teng bo‘ladi?
👉 Eguvchi moment (M) va bo‘ylama kuch (N) qiymatlari har doim nolga teng bo‘ladi 

154 Kuchlar usulida simmetrik inshootlarni hisoblashda noma’lumlarni simmetrik va nosimmetrik guruhlarga ajratish natijasida kanonik tenglamalar sistemasi qanday matematik afzallikka ega bo‘ladi?
👉 Kanonik tenglamalar sistemasi blok-diagonal ko‘rinishga kelib, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan kichikroq tartibli sistemalarga ajraladi 

155 Statik noaniq simmetrik ramada haroratning simmetrik o‘zgarishi (masalan, barcha elementlarning bir xil qizishi) natijasida hosil bo‘lgan eguvchi moment (M_t) epurasi qanday geometrik xususiyatga ega bo‘ladi? 
👉 Inshootning geometrik simmetriya o‘qiga nisbatan har doim simmetrik ko‘rinishda bo‘ladi 
156 Simmetrik statik noaniq ramani hisoblashda antisimmetrik (antishaklli) yuklanish holatiga quyidagilardan qaysi biri eng aniq misol bo‘la oladi?
👉 Ramani simmetriya o‘qi atrofida bir tomonga, masalan, soat mili bo‘yicha aylantirishga intiluvchi, miqdoran teng va yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lgan juft kuchlar

157 Kuchlar usulida simmetrik ramalarni hisoblashda noma’lumlarni X = X_s+X_n (simmetrik va nosimmetrik qismlar yig‘indisi) ko‘rinishida ifodalash va guruhlash jarayoni qanday usul deb ataladi?
👉 Noma’lumlarni simmetrik va antisimmetrik guruhlarga keltirib guruhlash usuli

158 Agar simmetrik ramaning simmetriya o‘qi birorta ham sterjenni (riger yoki ustunni) kesib o‘tmasdan, aksincha elementlar orasidagi bo‘shliqdan o‘tsa, ushbu inshootni yarim rama usulida hisoblash uchun qanday amaliy chora ko‘riladi?
👉 Rama simmetriya o‘qi bo‘yicha shartli ravishda kesiladi va hosil bo‘lgan riger uchlariga yuklanish turiga mos simmetrik yoki antisimmetrik bog‘lanishlar o‘rnatiladi

159 Ko‘chishlar usulida sistemaning kinematik noaniqlik darajasini ifodalovchi asosiy noma’lumlar soni (n) aniq qanday ko‘rsatkichlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi?
👉 Inshootdagi qattiq tugunlarning burchak ostida burilishlari va sistemaning chiziqli, gorizontal yoki vertikal ko‘chishlari soni yig‘indisi

160 Ko‘chishlar usulida sistemaning chiziqli ko‘chishlar sonini (n_2) aniqlashda qo‘llaniladigan "sharnirli model" (yoki sharnirli-sterjenli sistema) usulining mohiyati nimadan iborat?
👉 Ramaning barcha qattiq tugunlari va tayanchlarini sharnirga almashtirish natijasida hosil bo‘lgan sistemaning erkinlik darajasini (W) hisoblash orqali 

161 Ko‘chishlar usulining kanonik tenglamalar sistemasidagi R_iP  ozod hadi (yuk koeffitsiyenti) qanday mexanik mazmunga ega?
👉 Tashqi yuklar (P, q, M) ta’siridan i-chi qo‘shimcha kiritilgan bog‘lanishda, reaktiv to‘siqda yuzaga kelgan reaksiya kuchi yoki momenti

162 Ko‘chishlar usulida asosiy sistemaning qo‘shimcha bog‘lanishlariga berilgan birlik ko‘chishlar (Z_1=1,Z_2=1) natijasida hosil bo‘ladigan birlik epuralar (m_1,m_2) qanday tartibda shakllantiriladi?
👉 Har bir elementning, sterjenning mahkamlanish shartlariga ko‘ra, maxsus tayyor jadval formulalari va standart holatlar asosida quriladi 

163 Ko‘chishlar usulida hisoblangan natijaviy eguvchi moment epurasi (M_nat) to‘g‘ri qurilganligini isbotlash uchun bajariladigan statik tekshirishning mohiyati nimadan iborat?
👉 Inshootdagi ixtiyoriy qattiq tugunni shartli qirqib olib, undagi barcha natijaviy momentlarning algebraik yig‘indisi nolga tengligini tekshirish M_nat

164 Ko‘chishlar usulida hisoblangan natijaviy eguvchi moment epurasi (M_nat) to‘g‘ri qurilganligini isbotlash uchun bajariladigan statik tekshirishning mohiyati nimadan iborat?
👉 Inshootdagi ixtiyoriy qattiq tugunni shartli qirqib olib, undagi barcha natijaviy momentlarning algebraik yig‘indisi nolga tengligini tekshirish ∑▒〖M=0〗 

165 Ko‘chishlar usulining kanonik tenglamalaridagi bosh koeffitsiyent — r_ii  (yoki k_ii) qanday fizik mazmunga ega va u qaysi epura asosida aniqlanadi?
👉 i-chi qo‘shimcha bog‘lanishga berilgan birlik ko‘chish, Z_i=1 natijasida, aynan shu bog‘lanishning o‘zida vujudga kelgan reaksiya kuchi yoki momenti 

166 Statik noaniq ramada barcha elementlarning bikrligi (EI) o‘zgarmas (yoki bir xil proporsiyada) bo‘lsa, natijaviy eguvchi moment epurasi qiymatlari nimaga bog‘liq bo‘ladi?
👉 Bikrlikning mutloq qiymatiga emas, balki elementlarning o‘zaro bikrlik nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi

167 Ko‘chishlar usulida inshootning har bir qattiq tuguniga qo‘shimcha reaktiv to‘siq (shartli qattiq mahkamlash – zadelka) o‘rnatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?
👉 Tugunning erkin burilishini cheklash va bu jarayonda yuzaga keladigan noma’lum burchak koeffitsiyentini aniqlash uchun

168 Ko‘chishlar usulida inshootning asosiy sistemasini shakllantirishda qo‘shimcha sterjenli (chiziqli) bog‘lanishlar o‘rnatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nimadan iborat?
👉 Inshoot tugunlarining chiziqli, gorizontal yoki vertikal siljishlarini cheklash va ushbu yo‘nalishdagi noma’lum ko‘chishlarni aniqlash

169 Ko‘chishlar usulida asosiy noma’lumlar sifatida nimalar qabul qilinadi?
👉 Tugunlarning burilish burchaklari va chiziqli ko'chishlari miqdori

170 Ko‘chishlar usulining kinematik noaniqlik darajasi (n) formulasini ko‘rsating?
👉 n=n_tugun+n_chiziqli   yoki burilish va chiziqli ko'chishlar yig'indisi

171 Ko‘chishlar usulida "Asosiy sistema" qanday hosil qilinadi?
👉 Tugunlarga burilish va chiziqli ko'chishni cheklovchi bog'lanish qo'shib

172 Ko‘chishlar usulining kanonik tenglamasidagi  δ_11 koeffitsiyenti nimani bildiradi?
👉 Birlik ko'chishdan qo'shilgan bog'lanishda hosil bo'lgan reaksiya kuchi

173 Ko‘chishlar usulining kanonik tenglamasidagi R_1P  (yuk koeffitsiyenti) ko'chishlar usulida nimani anglatadi?
👉 Tashqi yukdan qo'shilgan bog'lanishda hosil bo'lgan reaksiya kuchi

174 Ko‘chishlar usulida birlik epuralar (M ⃐_1,M ⃐_2,...) qanday quriladi?
👉 Tayyor jadval formulalari, zadelka-zadelka, zadelka-sharnir yordamida

175  Chiziqli ko'chishlar sonini (n_chiziqli) aniqlash uchun qaysi usul qulay?
+Barcha tugunlarni sharnirga almashtirib, mexanizm erkinligini topish

176 Ko‘chishlar usuli qaysi turdagi inshootlar uchun eng samarali hisoblanadi?
👉 Statik noaniqlik darajasi (n) juda yuqori bo'lgan murakkab ramalar

177 Ko‘chishlar usulida natijaviy moment epurasi qaysi formula asosida aniqlanadi?
👉 M = ∑▒〖m_i∙Z_i 〗  +M_P   yoki birlik va yuk epuralari yig'indisi

178 Ko‘chishlar usulida tugunlarni qotirish (zadelka) nima uchun kerak?
👉 Tugunning burchak ostida burilishini va ichki moment uzatilishini cheklash

179 Ko‘chishlar usulida natijaviy moment epurasi M qaysi formula bo‘yicha tekshiriladi (tugunlar muvozanati)?
👉∑▒〖M_tugun  =0 〗 yoki tugunga tutashgan barcha sterjenlar momentlari yig‘indisi nolga teng

180 Ko‘chishlar usulida chiziqli ko‘chishlar sonini (n_chiziqli) aniqlashda ramaning barcha tugunlari sharnirga almashtirilsa, sistema qanday holatga keltirilisi va qanday kattlik aniqlinishi lozim bo‘ladi?
👉 Geometrik o‘zgaruvchan, mexanizm holatiga kelishi va erkinlik darajasi topilishi shart

181 Ko‘chishlar usulida δ_ik=δ_ki sharti qaysi qonuniyatga asoslangan?
👉 Reaksiyalarning o‘zaro almashinish teoremasi-Rayley-Betti teoremasining natijasi

182 Ko‘chishlar usulida "birlik reaksiyalar" (δ_ii) har doim qanday ishoraga ega bo‘ladi?
👉 Har doim musbat (+) ishorali (chunki birlik ko‘chish yo‘nalishida energiya sarflanadi)

183 Ko‘chishlar usulida R_iP  yuk koeffitsiyentini topishda qaysi epuradan foydalaniladi?
👉 Tashqi yukdan asosiy sistemada hosil bo‘lgan "zadelka" momentlari epurasidan (M_P^0)

184 Ko‘chishlar usulida inshootning bikrligi (EI) barcha sterjenlar uchun bir xil (o‘zgarmas) bo‘lsa, kanonik tenglamalar sistemasi qanday holatga keladi?
👉 Kanonik tenglamalarda EI qisqarib ketadi va ko‘chishlar nisbiy qiymatda topiladi

185 Uzluksiz balkalarni hisoblashda "Uch moment tenglamasi" asosi shartini ko‘rsating?
👉 Har bir oraliq tayanchdagi burchakli ko'chishlarning uzluksizlik sharti

186 "Uch moment tenglamasi" dagi M_(n-1),M_n,M_(n+1) nimalarni anglatadi?
+Ketma-ket keluvchi uchta tayanchdagi noma'lum tayanch momentlari qiymati

187 Uzluksiz balkada tayanch reaksiyalari qanday aniqlanadi?
👉 Kesimdagi momentlar farqi va balka yuklarining algebraik yig'indisidan

188 Uzluksiz balkaning natijaviy (yakuniy) momentlar epurasi qanday chiziladi?
👉 Oraliqlar, balka moment epurasiga tayanch momentlari epurasini qo'shib

189 Agar uzluksiz balkaning bir uchi qattiq qisilgan (zadelka) bo'lsa, "Uch moment tenglamasi"ni qo'llash uchun nima qilinadi?
👉 Zadelkani yo'qotish uchun qo'shimcha tasavvuriy oraliq qo'shiladi

190 Uzluksiz balkada barcha oraliqlar va yuklar simmetriya o'qiga nisbatan simmetrik bo'lsa, tayanch momentlari qanday qiymatga ega bo‘ladi?
👉 Tayanch momentlari simmetriya o'qiga nisbatan bir xil qiymatda bo'ladi

191 Uzluksiz balkalarni hisoblashda bikrlik (EI) o'zgarishi nimaga ta’sir qiladi?
👉 Momentlar taqsimotiga, uch moment tenglamasiga sezilarli ta'sir qiladi

192 Qurilish mexanikasida "Uzluksiz balka" tushunchasining asosiy afzalligi nimada?
👉 Bir oraliqli balkalarga nisbatan eguvchi moment qiymatining kamligidir

193 Ta'sir chizig'i va ichki kuchlar epurasi o'rtasidagi asosiy farq nimada?
👉 Epura — barcha nuqtalardagi kuchni ko'rsatadi, ta'sir chizig'i — faqat bitta nuqtadagi kuchning harakatlanuvchi yukka bog'liqligini ko'rsatadi

194 Ta'sir chizig'ini qurishda qo'llaniladigan birlik yuk (P=1) qanday xususiyatga ega?
👉 U inshoot bo‘ylab harakatlanuvchi o‘lchamsiz birlik kuchdir

195 Ikki tayanchli oddiy balkaning biror kesimidagi eguvchi moment ta'sir chizig'i (M_K) qanday shaklda bo'ladi?
👉 Kesim ostida cho‘qqisi bo‘lgan uchburchak, siniq chiziq ko‘rinishida

196 Tayyor ta'sir chizig'i yordamida to‘plangan P kuchidan hosil bo'ladigan natijani masalan, (R_A 〖,M〗_K) qanday topish mumkin?
👉 P kuchini ta'sir chizig'ining ostidagi ordinatasiga (y) ko'paytirish orqali (S = P ∙y) 

197 Agar konstruksiyaga tekis yoyilgan yuk (q) ta'sir etsa, natijani topish uchun ta'sir chizig'ining qaysi parametridan foydalaniladi?
👉 Yuk ta’sir etayotgan masofadagi ta’sir chizig‘i yuzasidan, S=q ∙ω

198 Ta'sir chiziqlari yordamida inshootdagi eng "noqulay" (maksimal) ichki kuchni aniqlash uchun yukni qanday joylashtirish kerak?
👉 Yukni ta'sir chizig'ining faqat bir xil ishorali, faqat musbat yoki faqat manfiy eng katta yuzalari ustiga qo'yish orqali